Pegmatitlar (yun. pegmatos — bogʻlanish, aloqa) — otqindi, aksari yer-tomir nordon togʻ jinslari. P. tarki-bidagi ortoklaz va kvarslar oʻziga xos oʻsishga ega, agar bu oʻsimtalar juda ham ingichka boʻlsa ular mikropegmatit deb ataladi. P. pnevmatolit bosqichida qoldiq magmalardan hosil boʻladi, ular magma temperaturasi pasayganda gaz va bugʻsimon moddalar bilan toʻyinadi. "P." terminini dastlab fransuz oli-mi R.J. Ayui (1801-yil) hozirgi yozma granit, grafikali pegmatit yoki yahudiy toshinn belgilash uchun kiritgan. Baʼzi P.ning tarkibida ularga xos boʻlgan asosiy minerallardan tashqari, nodir elementlar minerallari (Li, Rb, Cs, Be, Nb, Ta, Zr, Hf, Th, U, Sc va boshqalar) ham boʻladi. Granitli P. qabul qilingan tasnifga binoan bir nechta guruhga ajratiladi: keramik al i (dala shpatlari olish uchun xom ashyo), mus-kovitli (muskovit xom ashyosi), noyob yer elementli (skandiy va boshqa noyob va qimmatbaho elementlar xom ashyosi), nOdir metalli (Li, Zs, Rb, Be, Ta, baʼzan qimmatbaho toshlar olinadi), billurli (pyezokvars, morion, flyuorit, qimmatbaho toshlar). Granitli P. oʻta katta kris-talli boʻladi, mas, kvarsli kristall 40 t (Braziliya), 70 t (Rossiya), berilli kristall 32 t (Mozambik), musko-vitli kristall 77 t (Hindiston), spodumen kristalli plastinasi uz. 10 m (AQSH) topilgan. Granitli P.dan tashqari, ishqorli granitli P., nefelinli siyenitli P., asosli togʻ jinsli P. farq qilinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil