Pekin karami
Pekin karami (Brassica pekinensis) — karamguldoshlar oilasiga mansub bir yillik sabzavot ekini. Vatani — Xitoy va Yaponiya. Pekin karamining bandi yoʻq. Bargi asoslari ildizga yaqin joyda qisman zich joylashgan. Karam boshlari uz. 30—45 sm, diametri 8—10 sm. Barg uz. 30—60 sm, qirralari toʻlqinsimon, barg shapalogi mayin. Rangi och yashil, bir oz tukli. Pekin karami iliq ob-havoli, yogʻingarchilik koʻp yerlarda yaxshi usadi. Pekin karami ertapishar Pekin karami, oʻsimlik. Urugʻdan unib chiqqach, 18—25 kunda barglarini isteʼmol qilish mumkin, 40—45 kunda barglari, 50—60 kunda karamboshi pishadi. Barg tarkibida 75 – 80 mg% vitamin S, 6,1-8,6 % quruq moddalar, 1— 1,5% qand bor. Tuzlanadi, marinadla-nadi, konservalar tayyorlanadi. Oʻzbekistonda yozning 2yarmida ekiladi. Hosildorligi 200— 300 s/ga. Pekin karami issiqxonalarda ham koʻp oʻstiriladi, hosildorligi har m2 da 4–7 kg ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda Pekin karamining Xibinskaya navi ekiladi.
Dilorom Yormatova.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |