Yan Pekker
(Pekker Yan Borisovichdan yoʻnaltirildi)
Yan Borisovich Pekker (1906.4.9, As-traxon — 1993.12.12, Toshkent) — mu-siqashunos, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1956). Moskva konservatoriyasini tugatgach (1936), Oʻzbekiston radio qoʻmitasida musiqa eshittirishlar direktori (1936—41), Oʻzbek davlat filarmoniyasida badiiy rahbar (1944—48). Ayni paytda Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1936-yildan), kafedra mudiri (1951—60), professor (1971-yildan). Asarlari Oʻzbekiston kompozitorlik musiqa madaniyati ("V.A.Uspenskiy", 2-nashri, 1959; "G.A.Mushel", 1966), shuningdek, oʻzbek operasi rivoji ("Oʻzbek operasi", 2-nashri, 1984) masalalariga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |