Pelagial yotqiziklar - ochiq dengiz va okeanlar tubida qirgʻoqsan ancha uzokda juda mayda muallaq zarralarningtoʻplanib borishidan vujudga keluvchi yotqiziklar. "Pelagial yotqiziklar" terminini 1891-yilda geologlardan Merrey va Renarlar taklif etgan. Pelagial yotqiziklar tarkibiga plankton mikroorganizmlarning skeletlari, mayda zarrali terrigen va vulkanogen materiallar, yangitdan hosil boʻlgan autigen minerallar (Gʻe — Mp konkretsiyalari, seolitlar, montmorillonit), kosmik chang kiradi. Pelagial yotqiziklar orasida biogen turlari (dia-tomli, radiolyariyli, foramineferali, pteropodali, kokkolitli) va poligen choʻkindilar (qizil gillar) keng tarqalgan boʻlib, ular birgalikda Dunyo okeani tubining aksariyat qismini qoplab yotadi. Pelagial yotqiziklar okean yotqiziklarining eng harakterli va keng tarqalgan turi. Barcha Pelagial yotqiziklar uchun juda sust choʻkin-di hosil boʻlish tezligi va choʻkindilarning oksidlanganligi xos.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil