Peloponnes
Peloponnes — Gretsiya janubidagi yarim orol. Bolqon yarim orolning janubiy qismi, materikka Korinf boʻyni orqali tutashgan. Maydoni 21,4 ming km². Ioni va Egey dengizlari bilan oʻralgan. Qirgʻoq chizigʻi notekis. P.ning jan. qismi toʻrtta yarim oroldan iborat. Re-lyefi togʻlik. Aksari qismining balandligi 800–1200 m. Eng baland joyi 2404 m (Tayget tizmasidagi Ayos-Ilias choʻqqisi). P.ning oʻrta qismida karst relyefli Arkad yassitogʻligi (balandligi 600– 800 m) bor. Sohili allyuvial pasttekislik. Iqlimi subtropik, Oʻrta dengiz atrofiga xos iqlim. Yanvarnichg oʻrtacha temperaturasi 8 —11°, iyulniki 24—27°. Yillik yogʻin 400–1000 mm. Yirik da-ryolari: Alfey, Evrot. Oʻsimliklari, asosan, doim yashil butazorlar (makvis va frigana)dan iborat. Aholisi chorvachilik, dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi. Muhim shahar va portlari: Patra, Korinf. P.da Sparta, Olimpiya, Mikena, Korinf tarixiy geografik viloyatlari joylashgan. Turizm rivojlangan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |