Penang Davlat masjidi yoki Masjid Negeri Pulau Pinang (malaycha: Masjid Negeri Pulau Pinang) – Malayziyaning Penang viloyati Jorjtaun shahridagi Davlat masjid yoʻli (Yashil yoʻlak)da joylashgan davlat masjidi.

Masjid
Penang Davlat masjidi
malaycha: Masjid Negeri Pulau Pinang
Penang davlat masjidining Penang tepaligidan koʻrinishi, 2023-yil
Mamlakat  Malayziya
Penang Jorjtaun
Koordinatalar 5°24′24″N 100°18′05″E / 5.40667°N 100.30139°E / 5.40667; 100.30139
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Penang shtati hukumati
Masjid turi Masjid
Meʼmor Efren Brindez Paz
Binokorlik sanasi 1980 yil
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali beton

Tarixi

tahrir

Masjid qurilishi 1977-yilning 16-iyulida Penang shtati Yang di-Pertua Negeri (gubernatori) Tun Sardon Jubir tomonidan rasman poydevor qoʻyish bilan boshlangan. Masjid 1980-yilda qurib bitkazilgan va 1980-yil 29-avgustda yettinchi Yang di-Pertuan Agong pahanglik Sulton Ahmad Shoh tomonidan rasman ochib berilgan[1][2].

Masjid qurish uchun joy izlash jarayonlari

tahrir

Shtatdagi bir nechta joylar qurilish maydonchasi sifatida foydalanish uchun tanlangan. Nihoyat, konsensusga erishib, Qurilish qoʻmitasi Jalan Air Itam va Green Lane (Yashil yoʻlak) chorrahasidagi shtat hukumatiga tegishli boʻlgan taxminan 11 akr yer uchastkasi tanlangan.

Xususiyatlari

tahrir

Masjid braziliyalik Oscar Niemeyerning Braziliya poytaxti Braziliya shahridagi Braziliya sobori dizaynidan ilhomlanib yaratilgan. Bino arxitekturasi gʻarbiy modernizmning uygʻunlashuvi namunasidir. Masjid loyihasi filippinlik arxitektor Efren Brindez Paz tomonidan ishlab chiqilgan.

 
Davlat masjidi yoʻli (Yashil yoʻlak)dan Penang Davlat masjidining koʻrinishi

Manbalar

tahrir
  1. „Penang State Mosque“. VirtualMalaysia.com. 2009-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-aprel.
  2. „PENANG STATE MOSQUE“.

Havolalar

tahrir