Penitsillioz — oʻsimlik kasalligi, koʻproq gʻoʻza koʻsagi kasallanadi. Kasallikni Penicillium turiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Koʻsakning ayrim chanoklarini yoki butunlay shika-stlab, tolada kulrang, yashil, kulrang-koʻkish, sargʻish va boshqa ranglar hosil qiladi. Tola texnologik xususiyatlarini yoʻqotadi va foydalanish uchun yarok-siz boʻlib qoladi. P., asosan, oʻsimlikning pastki — yerga yaqin joylaridagi yoki yotib qolgan tuplardagi koʻsaklarda rivojlanadi. Baʼzan P. ikkilamchi infeksiya-vertitsillyoz viltnint pay-do boʻlishiga sabab boʻladi.

Kurash choralari: gʻoʻzaning yotib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, begona oʻtlarni yoʻqotish, dalani kech kuzda sugʻormaslik.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil