Pentanlar, S5N|2 — toʻyingan ug-levodorodlar. Mol. m. 72,146. Uchta izo-meri bor: normal pentan SN3(SN2)3 SN3 ("—P.), izopentan (SN3)2SNSN2 SN3 (2-metilbutan) va neopentan (SN3)4S (2,2-dimetilpropan, tetrametilmetan). n-P. va izopentan — oʻziga xos hidli, rangsiz, yonuvchan suyukliklar, neopentan — gaz. n-P.ning suyuqlanish temperaturasi — 129,72°; qaynash temperaturasi 36,07°; zichligi 626 kg/m3. Izopentanning suyuqlanish temperaturasi — 159,89°; qaynash temperaturasm 27,85°; zichligi 620 kg/m3. Neopentanning suyuqlanish temperaturasi —16,55°; kaynash temperaturasi 9,5°; zichligi 591 kg/m3. P. gaz kondensatlari, neft, neftni qayta ishlash mah-sulotlari tarkibida boʻladi va bu mah-sulotlardan rektifikatsiya usuli bilan ajratib olinadi. Tabiiy gazdan oli-nadigan benzin tarkibidan 40% gacha texnik P. ("-P. va izopentanning 1:1 nisbatdagi aralashmasi hamda qoʻshimcha sifatida 2% gacha neopentan) boʻladi. n-P. izopeptan, pentenlar, amil spirtlar va ularning efirlari, amilfenol va boshqa olishda, shuningdek, eri-tuvchi sifatida ishlatiladi. Izopentan — yuqori oktanli benzinlar kom-ponenti. Texnik izopentan (zichligi 620 kg/m3, motor usuli boʻyicha oktan soni 90) benzinlarning oktan sonini oshirish va tetraetilqoʻrgʻoshin qoʻllashni kamaytirish maqsadida 15% gacha qoʻshiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil