Pentod
Pentod [yun. pente — besh va (elek-tr)od] — katod, anod va uchta toʻr (boshqarish, ekran, antidinatron) dan ibo-rat besh elektrodli elektron lampa; past va yuqori quvvatli xillari bor. Past kuvvatli P. yuqori va oraliq chastotali kuchaytirgichlarda ishlatiladi. Yuqori quvvatli P. oʻzgarmas (baʼzan, oʻzgaruvchan) tok tarmogʻi elektr energiyasini yuqori chastotali energiyaga aylantirib berish uchun ishlatiladi. P. yordamida chastotasi bir necha oʻn MGs gacha boʻlgan elektr tebranishlar gene-ratsiyalanadi hamda ularning kuchlanish va quvvati kuchaytiriladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |