Pereyra
Pereyra — Kolumbiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Kauka daryosi vodiysida. Risaralda departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 353 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Pereyra va avtomobil yoʻllari tuguni. Kofe va chorvachilik mahsulotlari yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-teri korxonalari bor. Shaharga 1836-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |