Perfuziya (lot. perfusio —quyish) — qon tomirlari orqali qon, qon oʻrnini bosuvchi suyukliklar, fiziologik eritma yoki boshqa biror suyuklik yuborish. Tibbiyotda aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtqazishda, shuningdek, aʼzo funksiyasini yoki turli moddalarning ajratib olingan aʼzoga taʼsirini oʻrganishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil