Perigeliy (peri... va yun. helios — Quyosh) — Quyosh atrofida ellips, parabola yoki giperbola boʻyicha harakatlanayotgan osmon jismi orbitasining Quyoshga eng yaqin nuqtasi. Sayyoralarning gʻalayonlovchi kuchlari taʼsirida P.ning fazodagi vaziyati oʻzgaradi. Masalan, tortishish qonunlariga muvofiq Merkuriy perigeliyi oʻzgargani aniqlangan. P.dan Quyosh markazigacha boʻlgan masofa P. masofa deyiladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil