Perigey
Perigey (peri... va yun. ge — Yer) — Oy yoki Yer sunʼiy yoʻldoshi orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasi. Gʻalayonlanuvchi kuchlar P. ning fazodagi vaziya-tini oʻzgartiradi. Masalan, Quyoshning gʻalayonlanuvchi kuchi taʼsirida Oy perigeyi orbita boʻylab Oy harakati tomonga siljiydi va 8,85 yilda bir marta toʻliq aylanib chiqadi. Yer sunʼiy yoʻldoshining perigeyi siljishiga Yerning shakli shardan farq qilishi sabab boʻladi. Osmon jismlarining P.dan 2-marta ketma-ket utishi orasidagi vaqt anomal istik davr, P.dan Yer markazigacha boʻlgan masofa P. masofasi deyiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |