Perm viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1939-yil 3-oktabrda tashkil etilgan. Sharqiy Yevropa tekisligining shimoliy-sharqi va Oʻrta hamda Shimoliy Uralning gʻarbiy yon bagʻirlarida joylashgan. Perm viloyati tarkibiga Komi-Permyaklar muxtor okrugi kiradi. Maydoni 160,6 ming km². Aholisi 2824,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar (83,9%), shuningdek, tatar (4,9%), komi-permyak (4,0%), boshqird (1,7%), ukrain (1,5%), udmurt (1,1%) va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi —76,3%. Perm viloyatida 30 maʼmuriy tuman, 24 shahar, 52 shaharcha bor (KomiPermyaklar muxtor okrugidan tashqari). Markazi — Perm shahri Boshqa yirik shaharlari — Berezniki, Solikamsk.

Viloyat hududining yer yuzasi, asosan, oʻr-qirli tekislik. Sharqida togʻ etaklari va Oʻrta va Shimoliy Ural tog tizmalari bor. Eng baland joyi 1469 m. Jan,-sharqida karst rivojlangan (Kungur gʻori). Foydali qazilmalari: neft, gaz, kaliymagniy tuzlari, osh tuzi, torf, toshkoʻmir, xromit. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Kishi qorli, davomli, yozi moʻʼtadil iliq. yanvarning oʻrtacha temperaturasi —15° dan —18° gacha, iyulniki 16—18°. Yillik yogʻin 450 mm dan (jan.-gʻarbda) 800 mm gacha (shim.-sharkda). Vegetatsiya davri 145—165 kun. Asosiy daryolari — Kama va uning irmoklari. Kama va Votkinsk suv omborlari bor.

Perm viloyati oʻrta va jan. tayga aralash oʻrmonlari zonasida joylashgan. Tuprogi, asosan, podzol va chimli podzol tuproklar. Jan.-gʻarbini Kungur oʻrmonli dashtining bir qismi egallagan. Viloyat hududining 60% ni oʻrmonlar tashkil etadi. Hayvonlardan tiyin, kolonok, oʻrmon suvsari, norka, tulki, oq tovushqon va boshqa uchraydi. Basegi, Vishe-ra qoʻriqxonalari tashkil qilingan.

Asosiy sanoat tarmoklari: mashinasozlik (mudofaaga moʻljallangan, shu jumladan, raketa-kosmik texnikasi, neft, gaz, toshkoʻmir, oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uskunalari: turboburlar va burgʻi shtangalari, kon elektrovozlari, lentali konveyerlar, oʻrmon yogʻoch yuklagichlari, elektr va benzomotor arralar, yuk ortuvchi mashinalar, dare kemalari, kabel mah-sulotlari, turbogeneratorlar, elektrodvigatel va elektronasoslar, avia-dvigatellar hamda elektromikser, kir yuvish mashinalari, magnitofon, velosiped, telefonlar va boshqalar), kimyo va neft kimyosi (viloyatda Rossiya mineral oʻgʻitlarining 30% ga yaqini, kaustik va kalidiyli soda, sintetik smolalar, lok-boʻyoklar), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz (Rossiyada ishlab chiqarilayotgan qogʻozning 15% ga yaqini hamda fanera, karton, gulqo-gʻoz, pixta yogʻi va boshqa ishlab chiqariladi). Shuningdek, qora va rangli metallurgiya, qurilish materiallari (sement, gʻisht, oyna) ishlab chiqarish, yengil (Rossiyada ishlab chiqarilayotgan ipak gazmollarning 25% ga yaqini) va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Neft, toshkoʻmir, olmos, oltin qazib olinadi. Yoqilgʻi va neft kimyosining eng yirik korxo-nalari: "LUKOYL—Permneft", Lukoyl — Permnefteorgsintez, "Permneft" (Perm shahri) va "Kizel-ugol" birlashmalari. Permda "Goznak" fabrikasi ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari — Perm, Berezniki, Solikamsk, Chaykovskiy, Lisva, Chusovoy, Krasnokamsk, Kungur va boshqa Votkinsk va Kama GESlari, Perm va Yayva GRES lari bor.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik (sut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik; qoʻy va echki ham boqiladi). Don ekinlari, kartoshka, sabzavot, ozuqa, texnika ekinlari ekiladi. Kama daryosida kema katnaydi (asosiy portlari — Perm, Solikamsk, Berezniki). Avtoyoʻllar zichligi 54 km/ming km² (1997). Transport yoʻli bor.

7 oliy oʻquv yurti, teatr, Badiiy galereya, oʻlkashunoslik muzeyi, Kama suv ombori sohilida Xoxlovka yogʻoch meʼmorligi muzeyi faoliyat koʻrsatadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil