Peronosporali zamburugʻlar
Peronosporali zamburugʻlar (Peronosporales) — fikomitsetlar sin-figa mansub zamburugʻlar tartibi. Koʻpchiligi qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining paraziti hisoblanadi. Mas, un-shudring, kul tushish kabi kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Peronosporali zamburugʻlarning tuban vakillari saprofit boʻlib, tuprokda va oʻsimlik qoldiklarida yashaydi. Aksari Peronosporali zamburugʻlar jinssiz-ko-nidiyalari bilan, baʼzilari jinsiy — oogamiya yoʻli bilan koʻpayadi. Mitseliy, anteridiy, oogoniy va ooniyda urugʻlangandan keyin rivojlanadigan oosporalar oʻsimlik toʻqimalarida, saprofitlari esa substratning ichida joylasha-di; jinssiz rivojlanish organlari barg ogʻizchasi yoki epidermis yoriqchasidan tashqariga chiqadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |