Perseveratsiya
Perseveratsiya (lot. perseveratio — qatʼiylik) — baʼzi bir harakat, ayrim fikr, soʻz, ibora yoki kuyning inson ongida (bosh miya yarim sharlarida) koʻp martalab ixtiyorsiz, ham tinimsiz takrorlanishi. Perseveratsiya oliy nerv faoliyati harakatchanlik xususiyatining buzilishi natijasida kelib chiqadigan baʼzi kasallik holatida ham roʻy beradi. Hara-kat, sensor (hissiy idrok), aqliy sohalardagi perseveratsiya turlari bor. Harakat sohasidagi perseveratsiyaning alohida shaklidan biri — nutq buzilishidan iborat. U miya poʻstining chap yarim sharlari muayyan boʻlimining shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Sensor perseveratsiya tovushlarni takrorlashda va boshqalarda koʻzga tashlanadi. Aqliy perseveratsiya chap yarim sharlar peshona qismining shikastlanishi tufayli paydo boʻladi. Bu aqliy amallarni notoʻgʻri takrorlashda yuzaga chiqadi. U diqqat tarqoqligida, qattiq toliqishda vujudga kelishi mumkin. Bu holat aqli zaif bolalarga ham taalluqlidir.
Ergash Gʻoziyev.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |