Perxloratlar — perxlorat kislota tuzlari; tarkibida SYU4 ioni boʻlgan moddalar. Metall P. xloratlarni elektrolitik oksidlash yoʻli bilan olinadi. Mas, kaliy xloratni ehtiyotlik bilan qizdirilsa, disproporsiya natijasida kaliy perxlorat hosil boʻladi. Barcha elektr musbat elementlarning P.i maʼlum. Faqat kichik zaryadli kat-ta kationlarning P.i (CsCiO4, RbCIO4, KSYU4) suvda oz, boshqa me-tallarning P.i yaxshi eriydi. Perxlorat ion SYU~ tetraedrik shaklga ega. Permanganat ion, sulfat ion, ftor-borat ionlar ham tetraedrik shaklli. Shu sababli ayni metallning perxlorati uning permanganati, sulfati va ftor-borati bilan izomorf kristallar hosil kdpadi. Perxlorat ionning eng muhim xossalaridan biri, u kompleks birikmaning ichki sferasiga ligand sifatida kirmaydi. Shuninguchun komplekslar olishda dastlabki modda sifatida metall ionlarning P.idan foydalaniladi. P., asosan, oksidlovchi, portlovchi moddalar komponenti sifatida, shuningdek, pirotexnikada qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil