Peshanaband
Peshanaband, peshanabogʻ — 1) ayollar boshiga, peshanasiga bogʻlaydigan, tangʻib oʻraladigan kichik roʻmol. Peshanani, peshanadagi sochlarni berkitib turadi. P. ustidan katta (oq doka, oyim doka yoki shol) roʻmol oʻraladi. Baʼzan keksa ayollar katta oq roʻmolni oʻrab, uning ustidan P. bogʻlaydilar; 2) roʻmol ustidan peshanaga bogʻlanadigan bogʻich. Zardoʻzi va boshqa usullarda kashta tikib bezatiladi. 19-asr oxirlarida tayyorlangan nafis be-zakli P. namunalari respublika muzeylarida saqlanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |