Peshavez (fors. — old osilchoq) — ayollar taqinchogʻi. Ayollar koʻylagining kashtali jiyaklar tutib bezatilgan old oʻyigʻiga taqiladi. Shakli: tilla hal berilgan kumush qubbacha va unga osilgan shokilalardan tuzilgan. Qubbacha bosma yoki kandakori usulida yaproqlar, gul, gʻuncha kabi oʻsimliksimon naqshlar bilan bezatilgan, baʼzan gullar orasiga feruza koʻzlar qadalgan, qubbachaning pastki chetlari feruza koʻzlar qatori bilan hoshiyalangan. P.ning quyi qismiga koʻplab uzun zanjirli shokilalar osilgan; marjonli shokilalar orasida moʻʼjaz tozalik asboblari — tirnoq, quloq, tish tozalagichlar, surma-don, koʻzga surma su-radigan choʻp, atirdon, moʻychinak va boshqa buyumlar ham bor. Har bir osilgan buyum bosma usulida naqshlar, feruza gullar, marjon munchoklar va zigʻiraklar bilan ziynatlangan. P.ning birmuncha sodda turi naqshlangan toʻgʻnogʻich yoki uzuk (halka)dan iborat boʻlib, zaruriy ashyolar unga osilgan (P. chorabzal deb atalgan). P. bezagida emal kam ishlatilgan. 19-asr oxirida urfdan qolgan. Respublika muzeylarida P. namu-nalari saqlanadi. 20-asr oxiridan zargarlar ijodlarida P. shakl va unsurlarini qullab zamonaviy taqinchoklar yaratmoqda.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil