Peso (ispancha: „peso“ — vazn, boʻlak) — 1) Argentina pul birligi. 1970-yildan muomalaga chiqarilgan. 1 peso = 100 sentavo. Xalqaro ifodasi ARP. 1 AQSH dollari = 2,89 peso (2003, may); 2) Meksika pul birligi. Sh.=100 sentavo. Xalqaro ifodasi MXR. 1 AQSH dollari = 10,77 peso (2003, mart); 3) Filippin pul birligi. 1970-yildan muomalaga chiqarilgan. 1 peso =100 sentavo. Xalqaro ifodasi RNR. 1 AQSH dollari =55,07 peso (2003, mart); 4) Chili pul birligi. 1851-yildan muomalaga chiqarilgan. 1 peso =100 sentabr Xalqaro ifodasi CLP. 1 AQSH dollari = 706,5 peso (2003, may). Shuningdek, Boliviya, Kolumbiya, Kuba, Urugvay davlatlari pul birliklari ham peso deb ataladi[1].

  Pesodan foydalanayotgan mamlakatlar.
  Ilgari pesodan foydalangan mamlakatlar.

Manbalar

tahrir
  1. "Peso" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir