Peter Joseph William Debye (1884.24.3, Maastrixt — 1966.2.11, Itaka, AQSH) - golland fizigi va fizikkimyogari. 1940-yildan AQShda. Berlin universiteti (1935-yildan) va Itaka (AQSH)dagi Kornell universiteti professor (1940-yildan). Ilmiy ishlari qattiq jismlarning kvant nazariyasiga oid (qattiq jiyemning Debye modeli, Debye tempaturasi, Debye issiklik sigʻimi qonuni). Qutbli va qutbsiz erituvchilar eritmalaridagi molekulalarning dipol momentlarini tekshirib (1912), dipol momenti nazariyasiga asos solgan. E. A. Xokkel bilan birgalikda kuchli elektrolitlar nazariyasi (Debay — Xokkel nazariyasi)ni ishlab chiqqan (1923). Polikristall materiallarning ichki tuzilishini rentgen nurlari yordamida oʻrganish usuli (Debye—Sherrer usuli)ni ishlab chik,qan. Kompton effektini tushuntirgan, ultratovushda difraksiya hodisasini aniklagan, polimerlarning tuzilishini tekshirgan. Qattiq jismlar, atomlar, elektrolitlar oʻtkazuvchanligi va boshqalarga oid asarlar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1936).

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil