Peter Hayden Dinklage — amerikalik aktyor va film produser. 1969-yil 11-iyunda AQShning Nyu-Jersi shtatida tugʻilgan. HBOning Taxtlar oʻyini nomli televizion serialidagi Tyrion Lannister roli juda yuqori eʼtirof etildi. Peter Dinklage toʻrt marotaba Emmy mukofoti laureati hisoblanadi.

Peter Dinklage
Tavalludi 1969-yil 11-iyun (51 yosh)
Fuqaroligi AQSH
Kasbi Aktyor,Prodyuser
Faoliyat yillari 1995-yil - hozirgi kungacha
Bolalari 2
Mukofotlari " Emmy" (2011, 2015, 2018, 2019), " Oltin Globus" (2012), Screen Actor Guild Awards(2020)

Mehnat faoliyatini 1995-yilda boshlagan; U 2003-yilda " Stansiya qoʻriqchisi " filmidagi roli bilan mashhur boʻlib, 2004-yil Sreen Actor Guilds Award mukofotiga nomzod boʻlgan. Shundan soʻng, u " Elf " (2003), " Superdog " (2007), " Men aybdorni top " (2006) filmlarida, Britaniyaning " Dafn marosimidagi oʻlim " (2007) tragikomediyasi, Amerikaning shu nomdagi remeysi (2010) va „ Narniya yilnomalari“(2005-2008)da rollar ijro etdi.

2017-yil holatiga koʻra, amerikalik aktyor 61 nominatsiyadan oʻn toʻrtta mukofotni qoʻlga kiritdi. U Primetime Emmy mukofotining yettita mukofoti va 14 ta Screen Actor Guild Awards mukofotiga nomzod boʻlib, toʻrtta Primetime Emmy mukofotiga, „Screen Actor Guild Awards“ mukofotiga va „ Oltin Globus“ mukofotiga sazovor boʻlgan .

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash