Peter Hopkirk
Peter Stuart Hopkirk (talaffuzi: Piter Styuart Hopkirk, 1930-yil 15-dekabr, Nottingem, Nottinghamshire grafligi — 2014-yil 22-avgust[1], London) — britaniyalik jurnalist, yozuvchi va tarixchi, Buyuk Britaniya, Rossiya va Markaziy Osiyo tarixiga oid oltita kitob yozgan[2][3].
Peter Hopkirk | |
---|---|
Tavalludi |
15-dekabr 1930-yil |
Vafoti |
22-avgust 2014-yil (83 yoshda) London Buyuk Britaniya |
Fuqaroligi | Buyuk Britaniya |
Kasbi | jurnalist, yozuvchi, tarixchi |
Tarjimayi holi
tahrirPeter Hopkirk 1930-yil 15-dekabrda Nottingem shahrida tavallud topgan. Ota-onasi anglikan cherkovi ruhoniysi Frank Stuart Hopkirk (talaffuzi: Frenk Styuart Hopkirk ) va Mary Hopkirk Perkins (talaffuzi: Meri Hopkirk Perkins) boʻlib, kelib chiqishiga koʻra, Shotlandiya bilan chegarodosh Roxburghshire (talaffuzi: Roksburgshir) grafligidan boʻlishgan. Hopkirk Essex grafligidagi Danbury (talaffuzi: Denberi) qishlogʻida voyaga yetgan boʻlib, Oksford shahridagi Dragon school maktabida taʼlim olgan. Bolaligidanoq josuslar haqida romanlarni oʻqishga qiziqqan boʻlib, John Buchan (talaffuzi: Jon Byukan)ning „Greenmantle“ va Rudyard Kipling (talaffuzi: Redyard Kipling)ning „Kim“ romanlarini ham oʻqib chiqqan[4]. Maktabda regbi bilan, Bisleyda oʻq otish bilan shugʻullangan. Hopkirk 1950-yil yanvarida qirollikning Hampshire polkida, soʻngra qirollikning Afrika oʻqchilari polkida subaltern ofitser lavozimida yefreytor Idi Amin bilan birga harbiy xizmatni oʻtagan[5].
Yozuvchilik faoliyatigacha Hopkirk ikki yilda davomida ITN muxbiri, soʻngra Nyu Yorkdagi Lord Beaverbrookga tegishli boʻlgan „The Sunday Express“ gazetasida muxbir boʻlib ishlagan. 20 yilda davomida „Tayms“ gazetasida (5 yil bosh muxbir, soʻngra gazetaning Yaqin va Uzoq Sharq boʻyicha muxbiri sifatida) faoliyat olib borgan. 1950-yillarda Gʻarbiy Afrikaning „Drum“ jurnalida muharrir boʻlib ishlaydi va koʻp yillar davomida SSSRga (jumladan, Markaziy Osiyo va Kavkaz), Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron va Turkiyaning sharqiy qismiga sayohat qilib, bu mamlalaktlar tarixiga oid oltita kitob yozadi. Shuningdek, Fransiyadan mustaqillik uchun mamlakatning kurashi avj olgan va inqilobiy inqiroz davrida Jazoirga borgan. Fitzroy Maclean (talaffuzi: Fitsroy Maklin)ning „Eastern Approaches“ kitobi taʼsiri ostida Uzoq Sharqqa bormoqchi boʻlgan[6]. Kochinos (Choʻchqalar) koʻrfazidagi harbiy operatsiya davrida, yaʼni 1961-yilda Hopkirk Nyu Yorkda boʻlgan boʻlib, ushbu hodisalarni „The Sunday Express“ gazetasida yoritib borgan.
Oʻzining faoliyati davomida ikki marta qamoqqa olingan va jazo muddatini oʻtab chiqqan. Dastlab AQShga josuslikda ayblanib, Kubada qamoqqa olingan va Meksikadagi aloqalari tufayli ozodlikka chiqqan. Keyinchalik Bayrutda arablar tomonidan asirga olingan, 1974-yil neft inqirozi paytida Falastin ozodlik tashkiloti jangarilari esa Hopkirkning samolyotida Amsterdamga uchib ketayotgan samolyotini egallab olishadi, ammo Hopkirk ular bilan muzokaraga qilib, taslim boʻlishga koʻndiradi.
Hopkirikning asarlari 14 ta tilga tarjima qilingan, 1999-yilda Osiyo masalalari boʻyicha qilgan tadiqiqotlari uchun Sir Percy Sykes Memorial Medal (tarjimasi „Ser Persi Sayks esdalik medali“) bilan taqdirlangan[7]. Koʻplab tadqiqot ishlari Britaniya kutubxonasining Hindiston masalalariga oid arxivida saqlanadi.
Rafiqasi Kathleen Hopkirk (talaffuzi: Keytlin Hopkirk) „ A Traveller's Companion to Central Asia“ kitobining muallifidir.
Hopkirk 2014-yil 22-avgustda London shahrida 83 yoshida vafot etadi[4][6][8].
Mukofotlari
tahrir- Ser Persi Sayks esdalik medali (1999-yil)
Asarlari
tahrir- Foreign Devils on the Silk Road: The Search for the Lost Cities and Treasures of Chinese Central Asia, (1980-yil);
- Trespassers on the Roof of the World: The Race for Lhasa, (1982-yil);
- Setting the East Ablaze: Lenin's Dream of an Empire in Asia, (1984-yil);
- The Great Game: On Secret Service in High Asia, John Murray, (1990-yil), ISBN 071954727X;
- The Great Game: The Struggle for Empire in Central Asia, Kodansha International, (1992-yil), ISBN 1568360223;
- On Secret Service East of Constantinople: The Great Game and the Great War, (1994-yil), ISBN 0719550173;
- Like Hidden Fire: The Plot to Bring Down the British Empire, (1995-yil);
- Quest for Kim: in Search of Kipling's Great Game, (1996-yil)[8].
Manbalar
tahrir- ↑ „Hopkirk, Peter“ (fransuz tilida). Bibliothèque nationale de France. 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
- ↑ „Travel books“ (ingliz tilida) (2006-yil 25-mart). 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
- ↑ Richard Berstein. „Playing Detective in Search of Kipling’s Inspiration“ (ingliz tilida) (1997-yil 9-iyul). 2021-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
- ↑ 4,0 4,1 „Peter Hopkirk“ (ingliz tilida) (2014-yil 27-avgust). 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
- ↑ „Peter Hopkirk Obituary (1930-2014)“ (ingliz tilida). 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
- ↑ 6,0 6,1 Bruce Pannier. „Farewell, Peter Hopkirk, And Thank You“ (ingliz tilida) (15-oktyabr 2014-yil). 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
- ↑ „The Sir Percy Sykes Memorial Medal“ (ingliz tilida). 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 „Peter Hopkirk - Historian of 'The Great Game'“ (ingliz tilida) (2014-yil 17-noyabr). 2023-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-yanvar.