Peter Medawar (28-fevral 1915, Rio-de-Janeyro – 2-oktyabr 1987, London) — ingliz biologi, London qirollik jamiyatining aʼzosi (1949). Oksford universitetining Modlin kollejini tugatgan (1938). Ilmiy izlanishlari toʻqimalarni oʻstirish muammolari, shuningdek, organizmning toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya)ga beradigan javob reaksiyasini tadqiq etishga oid. U "orttirilgan immunologik tolerantlik" hodisasini kashf etgan. Medawar "Individiumning noyobligi" (1957), "Insonning kelajagi" (1960) va boshqa falsafiy asarlar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1960, M. Byornet bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar

tahrir
  1. "MEDAVAR (Medawar) Piter Brayan" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil