Petrofizika
Petrofizika — togʻ jinslari fizik xossalarini ularning mineral tarkibi, strukturasi va paydo bulish tarixi bilan bogʻliqligini oʻrganuvchi fan. P. geofizik tadqiqotlar negizida vujudga kelib, qattiq jins fizika-si, tajribaviy petrografiya va mineralogiya, muhandislik geologiyasi va textonika, foydali kazilmalar taʼlimoti bilan uzviy bogʻliq holda rivojlandi. "P." tushunchasini fanga nemis geofizigi F. Fyorlix kiritgan. P. togʻ jinslari xususiyatlarini bevosita dala sharoitlarida petrografik me-todlar, geofizik va kosmofizik tad-qiqotlar, shuningdek, lab. usullari yordamida aniklaydi. Tadqiqotlar natijasida olingan materiallar xossalariga koʻra tasniflanadi, togʻ jinslari xossalarini oʻrganish natijasi petrografik tasniflar, petrografik xarita va kesmalar koʻrinishida ifo-dalanadi. Aniqlanayotgan parametrga koʻra, petrotezlik, petromagnitlik, petrozichlik va boshqa xaritalar tuziladi; buning natijasida alohida rayonlarning petrofizik tasnifi aniklanadi. Togʻ jinslarining petrofizik xususiyatlari Yer poʻsti turli qismlarining rivojlanish tarixi bilan bogʻliq boʻladi. Togʻ jinslari fizik xususiyatlariga ularning kimyoviy mineral tarkibi va tuzilishi kanchalik taʼsir etishini oʻrganib, togʻ jinslarining fizik pa-rametrlarini mineral tarkibiga kura aniklash mumkin. Petrofizik tad-qiqotlarda togʻ jinslari anizotro-piyasi hodisasiga alohida ahamiyat beriladi.
P. alohida togʻ jinslarining fizik xususiyatlari haqidagi maʼlumotlardan foydalanib, konkret termodinamik sharoitlarni aniklaydi va togʻ jinslari xususiyatlarini yuqori bosim va temperatura taʼsirida oʻrganish imkoniyatini beradi. Bunday dastlabki tadqiqotlar 1950-yillarda AQSH olimlari tomonidan olib borildi va keyin boshqa mamlakatlarda rivojlantirildi.
Oʻzbekistonda 1960-yillar oʻrtalarida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika instituti olimlari I.H.Hamroboyev, E.Is-kandarov, A.Musayevlar togʻ jinslarining petrofizik xususiyatlarini fizik-mexanik modellash ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. P. rudali jinslar uyumini topish hamda togʻ jinslari ge-nezisi va seysmik xrdisalarni aniqlash maqsadida Yer pustining chuqur qatlamlarini oʻrganish bilan bogʻliq holda alohida ahamiyat kasb etmoqda.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |