Petrotektonika, togʻ jinslarining mikrostrukturali tahlili – petrografiyaning dinamometamorfizmlashgan jinslar – tektonitlarni urganadigan boʻlimi. Petrotektonikaga nemis olimi B.Zander asos solgan (1930). Bunda geologik kesimdagi urganilayotgan jinedan namunalar olinadi va shliflari mikroskopda urganiladi hamda natijalari stereografik jadvalga tushiriladi. Olingan grafiklar tahlili togʻ jinslarining deformatsiya bulganligi va metamorfizmlanish jarayonlarining sabablarini urganishga imkon beradi. Diagrammalarni toʻliq deshifrovka qilish (oʻqish) uchun turli minerallar va togʻ jinslarining plastik deformatsiyalanishini urganish maqsadida yuqori bosim va temperatura sharoitlarida kerakli qoʻshimcha eksperimentlar bajariladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil