Petrozavodsk
Petrozavodsk — Kareliyadagi shahar (1777-yildan). Kareliya Respublikasi poytaxti. Temir yoʻl tuguni. Onega koʻlidagi port. Aholisi 282,3 ming kishi (1998). Petrozavodsk Kareliyaning muhim sanoat markazi (respublika yalpi sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi). Asosiy sanoat tarmoqpari: mashinasozlik va metallsozlik. "Petrozavodskbummash", Onega traktor, stanoksozlik, kemasozlik, radio zavodlari, uysozlik va taxta tilishmebel kombinatlari, slyuda fabrikasi bor. Yengil, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoatlari mavjud. Petrozavodskda Rossiya Fanlar akademiyasining Kareliya filiali, Petrozavodsk instituti, pedagogika institut, 4 teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari ishlab turibdi. Petrozavodskga 1703-yilda asos solingan. Ikkinchi jahon urushi davrida vayron boʻlgan Petrozavodsk qayta qurildi. Shaharda klassitsizm uslubida qurilgan 18-asrga oid binolar ansambli saqlangan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |