Phi Phi orollari ―Tailanddagi katta Phuket oroli va Tailandning Malakka boʻgʻozlari oʻrtasida joylashgan, orollar guruhidir. Orollar maʼmuriy jihatdan Krabi viloyatining tarkibiga kiradi. Ularning eng katta va eng koʻp aholi yashaydigan oroli Ko Phi Phi Don boʻlib, aynan shu yerda turizm eng koʻp rivojlangan. Ko Phi Phi Le oroli esa oʻzining betakror plyajlari va hayratlanarli, ulkan lime toshli qoyalari bilan dunyo boʻylab mashhurdir va koʻplab sayyohlarni jalb qiladi. Boshqa kichik orollar, masalan, Bida Nok, Bida Nai va Ko Mai Phai, asosan katta lime toshlardan tashkil topgan, goʻzal tabiiy landshaftlari bilan ajralib turadi[1].

Phi Phi orollari

Pulau Api-Api
Skyline of Phi Phi orollari
7°44′0″N 98°46′0″E / 7.73333°N 98.76667°E / 7.73333; 98.76667
Mamlakat Tailand
{{{mintaqa_turi}}} Krabi
Maydon [convert: invalid number]
Iqlim turi 2,231 millimetr (87.8 inches)
Aholisi
2,500
Vaqt mintaqasi UTCUTC+7 (ICT)
Phi Phi orollari xaritada
Phi Phi orollari
Phi Phi orollari

Phi Phi orollarida dastlab 1940-yillarning oxirlarida Tailandlik Malay baliqchilari yashashgan, keyinchalik u yerda kokos yetishtira boshlashgan. Ko Phi Phi Don orolida asosan musulmonlar yashasa-da, vaqtincha kelgan aholi hisobiga orolda buddistlar ham mavjud. Orol aholisining umumiy soni taxminan 2000-3000 kishini tashkil qiladi[2].

Phi Phi orollari 2000-yilda The Beach Amerika filmi uchun suratga olish joyi sifatida tanlangan va butun dunyoga mashhur boʻlgan[3].Filmda Ko Phi Phi Le oroli asosiy sahnalarning suratga olish joyi sifatida ishlatilgan, bu esa orolning goʻzalligiga nisbatan turli xil fikrlar va bahs-munozaralarni keltirib chiqargan. Baʼzi tanqidchilar film ishlab chiqaruvchilarni orolning tabiiy muhitini zararli ravishda oʻzgartirishda ayblashdi, masalan, plyajlarni sunʼiy ravishda tekislash va palmalar ekish. Biroq, film prodyuserlari bu ayblovlarni rad etishgan. Filmning chiqarilishi orolda sayyohlik oqimining koʻpayishiga sabab boʻlib, natijada ekologik muammolar yanada kuchaygan.

Phi Phi orollari 2004-yilda yuz bergan Hind okeani toshqini natijasida jiddiy zararlangan. Orolning deyarli barcha infratuzilmasi vayron boʻlgan, ammo vaqt oʻtishi bilan orollar qayta tiklanib, hozirda sayyohlik markaziga aylandi. Orollarning tabiiy goʻzalliklari, shoʻr suvlari va rang-barang suzish joylari bilan ajralib turadigan manzillari hali ham sayyohlar uchun orzularni roʻyobga chiqaradigan ajoyib maskan boʻlib qolmoqda.

Gypsy qayigʻi, Ko Phi Phi

Phi Phi nomi malay tilidan kelib chiqqan. Orollarning asl nomi Pulau Api-Api (olovli orol) hisoblangan.

Geografiyasi

tahrir

Phi Phi orollari 6 ta mayda oroldan iborat. Ular Phuketdan 46 km janubi-sharqda joylashgan va Hat Noppharat Thara–Mu Ko Phi Phi National Parkining bir qismi hisoblanadi[4]. Bogʻ 242,437 rai (38,789.9 ga; 95,852 akr) maydonni egallagan[5]. Dengizlarida marjonlar koʻp va ushbu orollarda qoyalar, gʻorlar va oq qumli plyajlar mavjud[6]. Phi Phi Don va Phi Phi Le orollari guruhdagi eng katta va eng mashhur orollardir. Phi Phi Don orolining maydoni 9.73 kvadrat kilometr (3.76 kvadrat milya) boʻlib, uzunligi 8 kilometr (5.0 milya) va kengligi 3.5 kilometr (2.2 milya)ni tashkil etadi. Phi Phi Le oroli esa 2 kvadrat kilometr (1.2 milya)ni tashkil etadi. Jami orollar guruhining maydoni 12.25 kvadrat kilometr (4.73 kvadrat milya)ni tashkil etadi.

Iqlimi

tahrir

Ko Phi Phi milliy bogʻining tropik musson shamollari taʼsirida maydan dekabrgacha yomgʻirli, yanvardan aprelgacha harorat juda issiq boʻladi. Oʻrtacha harorat 17–37 °C (63–99 °F) gacha boʻladi. Oʻrtacha yogʻin miqdori 2,231 millimetr (87.8 inches) ni tashkil qiladi, eng yomgʻir koʻp yogʻadigan oy iyul va eng qurgʻoqchilik boʻladigan oy fevral hisoblanadi[7].

Transportlar va aloqalar

tahrir

Yoʻllar

tahrir

2004-yildagi tsunamidan keyin Phi Phi orollari qayta tiklangan, ammo Ton Sai koʻrfazi va Loh Dalum koʻrfazining katta qismini qamrab olgan. Oroldagi barcha yoʻllar faqat piyodalar uchun hisoblanadi va yuklarini tashish uchun maxsus aravachalar ham mavjud. Yuk tashish mashinalari va favqulodda kerak boʻladigan mashinalardan boshqa mashinalar kirishiga ruxsat berilmagan.

Havo orqali

tahrir

Phi Phi orollariga olib boradigan eng yaqin aeroport Krabi shahrida joylashgan. Phuket va Trang shahridagi aeroportlar ham yaqin. Toʻgʻridan toʻgʻri Phi Phi oroliga olib boradiga aeroport yoq. Turli xil kemalar bilan yetib borsa boʻladi.

Kema orqali

tahrir

Phuket, Ko Lanta va Krabi shaharlaridan Phi Phi orollariga doimiy va tez-tez kemalar qatnab turadi. Kemalar qatnovi 08:30da boshlanadi va 14:30 da toʻxtatiladi. Iyun-oktabr oylarida Ko Lanta shahriga va boshqa shaharlarga qaytish faqat Krabi shahri orqali amalga oshiriladi[8].

Turizm

tahrir
 
Quyosh botishi, Ko Phi Phi Don
 
Phi Phidagi bayram

Orol plyajlari va toza suvi bilan mashhur va milliy bogʻida hali ham tabiiy muhit saqlanib qolgan, The Beach filmidan soʻng turizm sohasi keskin ravishda oʻsgan.

Phi Phining Maya koʻrfazi 2018-yil iyun oyidan ekotizim tiklanguncha sayyohlar uchun yopiq edi, bir yildan soʻng yana sayyohlarni qabul qila boshladi[9].

Diqqatga sazovor joylari

tahrir
  • Maymunlar plyaji
  • Maya koʻrfazi
  • Chivinlar oroli[10]
  • Koh Phi Phi Leh
  • Viking gʻori
  • Laem Tong plyaji

2004-yilgi tsunami

tahrir

2004-yil 26-dekabrda Hind okeanidagi tsunami tufayli Phi Phi orolida aholi yashaydigan qismi vayron boʻlgan. Orolning Ton Sai koʻrfazida ikkita ohaktosh orasida isthmusqurilgan. Orolning ancha qismiga ziyon yetgan. Aholining baʼzi qismi evakuatsiya qilingan[11]. Hozirgi kunda orol qayta tiklangan va turistlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Tsunamidan keyingi qayta qurish

tahrir
 
Ko Phi Phi Don, 2005-yil mart oyida, tsunamidan keyin.

Tsunamidan keyin oroldagi binolarning taxminan 70 foizi vayron boʻlgan. Oroldan 2005-yil iyul oyining oxiriga kelib, taxminan 850 kishining jasadi topilgan va taxminan 1200 kishi bedarak yoʻqolgan, ammo halok boʻlganlarning umumiy soni haligacha aniq emas. Bedarak yoʻqolgan mahalliy gidlar va turistlarning soni 4000 dan oshgan. Phi Phi aholisidan 104 kishi tirik qolgan, bolalar orasida otasidan yo onasidan, yoki ikkilasidan ham ayrilganlar bor[12].

Turizmning taʼsiri

tahrir
 
Brayd kiti Phi Phi orollaridan suzadi

Turistlar orqali Phi Phi oroli ancha ifloslangan va suvning koʻp qismi notoʻgʻri sarflangan[13]. Ammo Mr. Pankumning fikricha , Phi Phi orolining asisiy daromadi turistlar orqali va mehmonxonalar orqali kelayotgan edi[14]. 2018-yil iyun oyida Leonardo Di Kaprioning 2000-yilda suratga olingan "The Beach" filmi orqali mashhur boʻlgan Maya plyaji tiklanishi uchun nomaʼlum muddatga yopiladi. Plyaj kuniga 5000 ga yaqin sayyoh va 200 ta qayiqni qabul qilar edi[9]. U 2022-yil 1-yanvarda qayta ochilgan[15].

Rasmlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. WEEKLY, TTR „Conde Nest ranks Asia's top islands“ (en-US). TTR Weekly (2022-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
  2. Hutton, Mercedes. „Thailand’s Phi Phi Islands face drinking water crisis, and too many tourists are to blame“. South China Morning Post (2018-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  3. Makalintal, Bettina (11 February 2020). "Leonardo DiCaprio's 'The Beach' Predicted the Worst of Influencer Culture". Vox. https://www.vice.com/en_us/article/g5xj54/leonardo-dicaprios-the-beach-predicted-the-worst-of-influencer-culture?utm. Qaraldi: 12 February 2020. Phi Phi orollari]]
  4. „Hat Noppharat Thara-Mu Ko Phi Phi National Park“. Department of National Parks (DNP). 2015-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  5. „Hat Noppharat Thara-Mu Ko Phi Phi National Park“. Department of National Parks (DNP). 2015-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  6. „Koh Phi Phi“. Tourism Authority of Thailand (TAT). 2015-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  7. „Hat Noppharat Thara-Mu Ko Phi Phi National Park“. Department of National Parks (DNP). 2015-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  8. „Phuket to Phi Phi Ferry | Phuket to Phi Phi Speedboat“. phuketharbour.com. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-iyun.
  9. 9,0 9,1 Ellis-Petersen, Hannah. „Thailand bay made famous by The Beach closed indefinitely“. The Guardian (2018-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
  10. Barnes. „Top 10 Very Best Things to Do on Phi Phi Island, Thailand“ (en-us). Your Lifestyle Business (2022-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 6-mart.
  11. „‘Wildlife is coming back’ – Maya Bay’s recovery 2 decades on from The Beach“ (en). South China Morning Post (2022-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
  12. Marshall, Andrew (2005-10-03). „Help International Phi Phi“. Time. 2011-02-26da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2012-07-13.
  13. Gazette, Legacy Phuket „Phi Phi Island releases 83% wastewater untreated“ (en). The Thaiger (2016-yil 3-mart). Qaraldi: 2019-yil 22-yanvar.
  14. Plerin, Chutharat. „Special Report: Phi Phi cries for help“. The Taiger (2014-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 29-sentyabr.
  15. Cripps. „Thailand bay made famous by ‘The Beach’ finally reopens“ (en). CNN (2021-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-aprel.