Philip J. Fry (talaffuzi: Filip Jey Fray; 1974-yilda tugʻilgan) Futurama serialining bosh qahramonidir. Fry 1999-yilda tasodifan muzlab qolib, 3000-yil arafasida eritib olinadi. Fryga Billy West ovoz bergan.

Futurama qahramoni
Philip J. Fry
Philip J. Fry
Yoshi Koʻrinishidan 25-33 (xronologik - 1000-yildan ortiq)[1]
Turi Odam
Ona sayyorasi Yer (Brooklin, New York)
Kasbi "Planet Express" shirkatida yuk tashuvchi
Ilk bora koʻringani qism "Space Pilot 3000"
Ovoz bergan aktyor Billy West

Fryning laqmaligi tufayli omad undan tez-tez yuz oʻgiradi. Kollejda uch hafta oʻqib, haydaladi. Bunda uning ota-onasi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin — ular Fryni maktabda oʻqitishmagan (mablagʻ tejash maqsadida).

Kelajakka tushib qolgan Fry bir koʻzli qiz Leela va robot Bender bilan tanishib qolib, doʻst tutinadi va birgalikda oʻzining uzoq qarindoshi — Professor Farnsworthni topishadi. Professor ularni oʻzining «Planet Express» shirkatiga ishga oladi. Fry Leelani yoqtirib qoladi, serial davomida uning hislari kuchayadi.

«Roswell That Ends Well» qismida Fry 1947-yilga qaytib, oʻz-oʻziga buva boʻlib qaytadi. Bu hodisa tufayli u genetik anomaliya orttiradi — uning miyasi boshqalarnikidan kamroq ishlaydi. Biroq baʼzi qismlarda u qiyin vaziyatlardan chiqish yoʻlini topa oladi.

Manbalar tahrir

  1. Fry 1000 "Space Pilot 3000" qismida 1000, "Bender's Big Score" qismida esa yana 1007.95 yilga muzlatilgandi.