Picture to Burn“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning 2006-yilda eʼlon qilingan Taylor Swift nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. 2008-yilning 4-fevralida albomning toʻrtinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida chiqarilgan. Qoʻshiq matnini Swift va Liz Rose yozishgan. Qoʻshiq Nathan Chapman tomonidan hozirlangan. Musiqiy jihatdan „Picture to Burn“ country rok janridagi qoʻshiqdir.

„Picture to Burn“
Taylor Swift qoʻshigʻi
„Taylor Swift“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 4-fevral, 2008-yil(2008-02-04)
Studiya The Castles Studio-A (Nashville)
Janr Country rock
Davomiyligi 2:55
Leybl Big Machine
Matn muallif(lar)i
  • Taylor Swift
  • Liz Rose
Prodyuser(lar) Nathan Chapman
Taylor Swift singllari xronologiyasi
„Our Song“
(2007)
Picture to Burn
(2008)
„Should've Said No“
(2008)
Klipi
„Picture to Burn“ YouTubeda

Tarona Billboard Hot 100 chartida 28-pogʻonagacha, Hot Country Songs chartida esa 3-pogʻonagacha koʻtarilgan. Amerika ovoz yozish assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan. Shuningdek, qoʻshiq Kanada chartlarida yuqori 50 talik safidan oʻrin olgan. Internetda 40 000 martadan ortiq nusxada sotilgani ortidan Music Canada tomonidan oltin sertifikati bilan taqdirlangan[1]. Ashula AQShda 1.7 million raqamli nusxada sotilgan[2].

„Picture to Burn“ uchun Trey Fanjoy rejissorligida klip ham suratga olingan. Unda Swift yigitini boshqa ayol bilan koʻrgani ortidan undan qasos olayotganini xayol qiladi.

Chartlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Canadian single certifications – Taylor Swift – Picture to Burn“. Music Canada. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  2. „Ask Billboard: Taylor Swift's Career Album & Song Sales“. Billboard. November 26, 2017. June 17, 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: November 26, 2017.
  3. "Taylor Swift Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 2-sentyabr.
  4. "Taylor Swift Chart History (Canada Country)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 2-sentyabr.
  5. "Taylor Swift Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 2-sentyabr.
  6. "Taylor Swift Chart History (Hot Country Songs)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 2-sentyabr.
  7. „Taylor Swift – Billboard Singles“. AllMusic. 2010-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-dekabr.
  8. „Year End Charts – Hot Country Songs – Issue Date: 2008“. Billboard. July 5, 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 15, 2011.

Havolalar tahrir