Pierre Gassendi
Pierre Gassendi (1592.22.1, Shantersye - 1655.24.10, Parij) — fransuz faylasufi, matematigi, astronomi. Gassendi sxolastlar qarashlari va ularning Aristotel taʼlimotini soxtalashtirishiga qarshi kurashi hamda Demokrit-Levkipp atomistik qarashlari, Epikur etikasini targʻib qilganligi, materialistik sensualizm mavqeida turib R. Dekartning "tugʻma gʻoyalar" nazariyasini tanqid qilganligi uchun iyezuitlar tomonidan taʼqib etilgan. Gessendi fikricha, fizika — haqiqatga yetish, etika — baxtsaodatga erishish, mantiq — haqiqiy bilimni yanglishishdan farqlash yoʻlini koʻrsatadi. Gessendining taʼkidlashicha, boʻshliq va atomlgr — mavjudlik timsoli. Makon va zamon — cheksiz, ular yoʻqlikka yuz tutmaydi. Atomlar xudo tomonidan yaratilgan, ular goyat darajada koʻp, lekin benihoya emas.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |