Piknometr (yunoncha: pyknos — zich va ... metr) — gazeimon, suyuq va qattiq holatdagi moddalarning zichligini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob; har xil shakl va hajmdagi shisha idish (kolba). P.ning suyuklik uchun moʻljallangan (kolbasimon), gazlar uchun moʻljallangan (Usimon, kapillyarli), qattiq jismlar uchun moʻljallangan (boʻgʻzi olinadigan) xillari bor. Suyuq holatdagi moddaning zichligini oʻlchash uchun P. boʻgʻzidagi belgigacha toʻldirilgan moddani tortib koʻriladi. Qattiq moddaning zichligini oʻlchash uchun u suyuklik toʻldirilgan P.ga botiriladi. Gazlarning zichligini oʻlchash uchun max-sus shaklli (mas, shar) P. qoʻlla-niladi. P.da zichlikni oʻlchashning afzalliklari: zichlik juda aniq (105 g/sm3 gacha) oʻlchanishi; kichik (0,5—100 sm3) hajmdagi moddalarning ham zichligini oʻlchash mumkinligi; moddalar (ayniqsa, gazeimon moddalar)ning bugʻlanib va nam yutib ulgurmasliga va boshqa [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil