Pilla losi, pillaning paxta losi — ipak kurti pillaning tashqi yuzasini va asosini hosil qilish uchun ajratib chikargan va sa-ralashda pilla yuzasidan sidirib olinadigan chigal ipak massasi; Pilla losi xoʻjaliklarda, pillaga dastlabki ishlov berish bazalarida yoki ularning qabul qilish punktlarida tayyorlanadigan pilladan va dastadan terib olish davrida hosil boʻladigan Pilla losi har yilgi mavsumda 100—110 t ni tashkil qiladi. Tozalangan Pilla losini kanop, jun va paxta tolasi bilan qoʻshib yangi turdagi mahsulot olish imkoni yaratilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil