Pilorospazm (yun. pyloros — meʼdaning chiqish qismi va spasmos— qisilish) — meʼda chiqish qismi (pilorus)ning qisilishi (spazmi). Meʼda-ichak yoʻli funksiyasining buzilishi natijasida paydo boʻladi. Nevrozlarda, meʼda yarasida kuzatiladi. Koʻproq emadigan bolalarda uchraydi. Bunday bola emgan zahoti qusadi yoki hiqichoq tutadi, kam siyadi, bezovtalanadi, koʻp yigʻlaydi, qabziyat boʻla-di, ozib ketadi. Bemorni mutaxassis vrach davolaydi. Meʼda yarasidagi P. davolanmasa, pilorostenozga aylanib, qisilish doimiy boʻlib qoladi. Bunda bemorni fakat operatsiya qilib davolanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil