Pilta mashina
Pilta mashina — bir necha piltadan unga qaraganda ancha yuqori va tekis mahsulot — pilik olinadigan mashina; yigirish jarayonining asosiy mashinasi. Choʻzish asbobi, urchuq va gʻal-takdan iborat. Pilta gʻaltakdan boʻshalib, choʻzish asbobiga keladi. Odatda, choʻzish asbobi 3—4 ta valiklar juftidan iborat boʻladi. Har qaysi juft ol-dingisidan tezroq aylangani uchun ular orasidan oʻtayotgan pilta choʻzilib ingich-kalashadi va tekislanadi. Keyin urchuq dugida pishitilib, pilik tarzida gʻal-takka oʻraladi. Qoʻshiladigan piltalar soni qancha koʻp boʻlsa, olinadigan mah-sulot (pilik) shuncha tekis va sifatli chiqadi. Uzun tolalar — jun, ipak, zi-gʻir tolalarini yigirishda choʻzish valiklaridan tashqari taroqlar ham boʻladi. Odatda, mahsulot (pilta, pilik) Pilta mashinadan bir necha marta oʻtkaziladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |