Pip (dasturiy paket menejeri)

Python uchun paket boshqaruv tizimi

Pip – Python dasturlash tilida yozilgan dasturiy paket menejeri boʻlib, dasturiy paketlarni oʻrnatish va boshqarish uchun foydalaniladi[3]. Python Software Foundation hamjamiyati Python ilovalarini ishlab chiqishda pipdan foydalanishni tavsiya qiladi[4]. Pip menejeri Python Package Index onlayn repozitoriyasiga ulanadi. Pip boshqa dasturiy taʼminot repozitoriyalariga faqatgina Python Enhancement Propasal 503 (PEP) standartlari orqali ulanishi mumkin[5].

pip

pip --help buyrugʻining natijasi
Asl muallif(lar) Ian Bicking
Dastlabki foydalanishga
chiqarilishi
4-aprel, 2011-yil (13 yil avval) (2011-04-04)[1]
Repozitoriy
  • Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
Yozilgan dasturlash tili Python
Platforma Python
Turi Dasturiy paket menejeri
Litseziyasi MIT litsenziyasi[2]
Veb sayt pip.pypa.io

Tarixi

tahrir

Dastlab Pip menejeri pyinstall nomi bilan 2008 yilda Ian Bicking (virtualenv dasturchisi) tomonidan EasyInstall paket menejeriga muqobil dastur sifatida ishlab chiqildi[6][7]. Ushbu dastur nomi „Pip Installs Packages“ nomining qisqartma shakli sifatida olingan[8]. 2011-yilda Python Packaging Authority(PyPA) tashkiloti Carl Meyer, Brian Rosner va Jannis Leidel boshchiligida pip va virtualenv paket menejerlariga texnik xizmat koʻrsatishni boshladi[7].

pip 6.0 versiyadan boshlab, paket menejeri versiyalari „X.Y“ formatda nomlanadigan boʻldi.

Buyruqlar qatori interfeysi

tahrir
 
pip install virtualenv buyrugʻining natijasi

Pipning dasturiy interfeysi pip install some-package-name buyrugʻini ishga tushirish orqali Python dasturiy paketlarini oʻrnatadi.

Foydalanuvchilar quyidagi buyruqni berish orqali dasturiy paketni olib tashlashlari ham mumkin:

pip uninstall some-package-name

Python tilining muayyan versiyasi uchun paketlarni oʻrnatish quyidagi pip buyrugʻini berish orqali amalga oshiriladi, bunda ${version} nomi 2, 3, 3.4 va shu kabi raqamlar bilan almashtiriladi:

pip${version} install some-package-name .

setup.py oʻrnatish fayli

tahrir

Pip loyihalardan lokal tarmoqda foydalanish uchun setup.py fayli bilan oʻrnatish imkonini beradi. Bunda python loyihasi quyidagi fayl tuzilishiga ega boʻlishini talab qiladi:

example_project/

├── exampleproject/      Python manba kodi paketi

|    ├── __init__.py     Jildni dasturiy paket ichiga koʻchiradi

|  └── example.py      Namunaviy modul

└── README.md            Loyiha haqidagi maʼlumotlar.

Ushbu strukturada foydalanuvchi setup.py faylini loyihaning boshiga qoʻsha oladi va u quyidagi tarkibga ega boʻladi:

from setuptools import setup, find_packages

setup(
  name='example', # Paket nomi. Qachonki loyiha paket sifatida import qilinganda foydalaniladi.
  version='0.1.0', #Versiya raqami
  packages=find_packages(include=['exampleproject', 'exampleproject.*']) # Pip kerakli komponentlarni avtomatik o'rnatadi.
)

Shundan soʻng, pip menejeri ushbu loyihani bosh papkadan quyidagi buyruqni ishga tushirish orqali oʻrnatadi: pip install -e.

Boshqa repozitoriyalar

tahrir

Pip menejeri standart PyPI repozitoriyasidan tashqari boshqa repozitoriylarni ham qoʻllab-quvvatlaydi[9]. Bunday repozitoriya HTTP(s) URL manzilida yoki kompyuter fayl tizimida joylashgan boʻlishi kerak. Uchinchi tomon repozitoriyalari -i yoki --index-url option buyruqlarini berish yordamida aniqlanadi. Misol uchun:

pip install -i https://your-custom-repo/simple <package name>

yoki fayl tizimi orqali:

pip install -i /path/to/your/custom-repo/simple <package name>.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Release 1.0“. GitHub. 2021-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  2. „pip/LICENSE.txt“. Github (2018-yil 17-aprel). 2018-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  3. Kollár. „Managing Python packages the right way“ (en). Opensource.com. Red Hat. Qaraldi: 2019-yil 23-iyun.
  4. „Tool recommendations — Python Packaging User Guide“. packaging.python.org. Qaraldi: 2022-yil 9-noyabr.
  5. „pip install command line documentation“. pip.pypa.io.
  6. Bicking. „pyinstall: A New Hope“ (2008-yil 24-sentyabr). 2008-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  7. 7,0 7,1 „Packaging History“. Python Packaging Authority. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  8. Bicking. „pyinstall is dead, long live pip!“ (2008-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.
  9. „Custom repository with pip install -i“. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.