Pirimidin, 1.3-diazin, C4H4N2 — diazin sinfiga oid oʻziga xos hidli, rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 22,5°, qaynash temperaturasi 124°, kuchsiz asos. Suv, spirt va efirda yaxshi eriydi. P., odatda, 3-aminoakroleinni mochevina bilan kondensatlab yoki 2-xlor, 2,4-dixlor, 2, 4, 6-trixlor P.ni asoslar ishtirokida qaytarib olinadi. P. yadrosi vitamin V,, koenzim (uri-dindifosfatglyukoza), antibiotiklar (amitsetin, bleomitsin), dorivor pre-paratlar (barbituratlar, pirimidin, sulfamidlar, ftorafur), kuchli za-harlar (tetrodoksin), nuklein kislotalar va boshqa tarkibiga kiradi. Biologik jarayonlarda ahamiyati muhim.

Pirimidin asoslari, pirimidinlar — pirimidinning geterotsiklik azotli asoslari hosilalari boʻlmish tabiiy birikmalar gu-ruhi. Organizmning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Nuklein kislotalar, nukleotidlar, kofermentlar va boshqa tarkibiga kiradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil