Pirit
(Pirit mineralidan yoʻnaltirildi)
Pirit (yun. pyrites lithos — uchqun beruvchi tosh, oltingugurt kolchedani, temir kolchedani) — mineral. Kimyoviy tarkibi FeS2 (46% Fe, 53,4% S); Co, Ni, As, Cu, Ai, Se va boshqa aralashmalari boʻladi. Kub, pentagon-dodekaedr, baʼzida oktaedr kristallar hosil qilib, kub singoniyada kristallanadi. Zich donador massalar, sharsimon konkretsiyalar shaklida kup uchraydi. Och, sargʻishqoʻngʻir rangli, metallsimon yaltiroq. Qattiqligi 6—6,5; zichligi 4900–5200 kg/m3. P. gidrotermal konlarda, kolchedanli qatlamlarda keng tarqalgan. P. sulfat kislotasi, oltingugurt va temir kuporosi uchun xom ashyo hisoblanadi. RF (Ural, Ol-toy), Kozogʻiston, Norvegiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, AQSH, Kanada va Yaponiyada P. konlari topilgan.[1]