Qudratulla Omonov

turkolog, turkiy tillar tarixi, rasmiy matnlar uslubining yuzaga kelishi, yozma yodgorliklar tili,  manbashunoslik va matnshunoslik masalalari boʻyicha mutaxassis, filologiya fanlari doktori, professor


Qudratulla Omonov (1972, Shahrisabz) — turkolog, turkiy tillar tarixi, rasmiy matnlar uslubining yuzaga kelishi, yozma yodgorliklar tili,  manbashunoslik va matnshunoslik masalalari boʻyicha mutaxassis, filologiya fanlari doktori, professor. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori.

Qudratulla Omonov

Qudratulla Omonov
Tavalludi 1972
Qashqadaryo, Shahrisabz shahri
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi turkologiya
Ish joylari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Faoliyati

tahrir

ToshDU (hozirgi OʻzMU) oʻzek filologiyasi fakultetining 1995-yil bitiruvchisi. 1989-yildan Shahrisabzdagi oʻrta maktabda laborant, 1995 OʻzFA Qoʻlyozmalar institutida laborant, 1996-yildan aspirant, 1997 ilmiy xodim, 1997 — 2000-yillar  OʻzFA Til va adabiyot instituti doktoranti. 2000-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiyot kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2008-yildan dotsenti, 2009 — 2012-yillar Turkiy tillar kafedrasi mudiri; 2012-yildan ToshDSHI Sharq filologiyasi va falsafa, 2014-yildan Sharq filologiyasi fakulteti dekani. 2010-yilda Moskva davlar universitetida, 2009-yilda Turkiya, Stanbul universitetida  va Yaponiyaning Sukuba universitetida malaka oshirib qaytgan.

Ilmiy yoʻnalishi

tahrir

Turkologiya, turkiy tillar tarixi, turkiy hujjatchilik oʻtmishi, siyosiy-huquqiy atamalar tarixi, manbashunoslik matnshunoslik masalalari. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, monografiyalar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Turkiya (1997, 2003); Qozon (2013), Yaponiya (2011).

Asosiy ilmiy ishlari

tahrir

Nomz. diss. mavzusi: XIV-XV asrlarda uygʻur xatida bitilgan imtiyoz huquqini beruvchi davlat hujjatlarining lisoniy-uslubiy tadqiqi. — Toshkent, 1997.

Dokt. diss. mavzusi: 2. Turkiy rasmiy uslubning yuzaga kelishi va takomili (ilk va oʻrta asrlar). ‒ Toshkent, 2016.

Adabiyotlar

tahrir
  • Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar). Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022.