Piroelektr (yun. rug — olov va elektr) — kristall dielektriklar qizdirilganda yoki sovitil ganda ularning sirtida elektr zaryadlari hosil boʻlishi. Qizdirilganda ularning bir uchi musbat zaryadlansa, sovitilganda manfiy, ikkinchi uchi esa teskari ishorada zaryadlanadi. Piroelektrik (kristall dielektrik) sirtida zaryadlar hosil boʻlishi kristall qizdirilganda uning ichida spontan (oʻz-oʻzidan hosil boʻladigan) qutblanishning oʻzgarishiga, zaryadlanish intensivligi temperatura oʻzgarishiga bogʻliq. P. xususiyatli kristallar pyezoelektr xususiya-tiga ham ega boʻladi. Shuning uchun temperatura notekis oʻzgarganida kristall deformatsiyalanadi, deformatsiyalanish esa, oʻz navbatida, pyezoelektr tabiatli "ikkilamchi" qutblanishni yuzaga kel-tiradi va u P. tabiatli "birlamchi" qutblanishga qoʻshiladi. Bu esa sof P. effektini kuzatishga xalaqit beradi. Demak, kristall deformatsiyalanmagan yoki deformatsiyasi doimiy turgan holdagina sof P. effektini kuzatish mumkin. P. kristallarda elektrokalorik effekt deb yuritiladigan teskari effekt ham kuzatiladi. Bu effekt oʻzga-ruvchan elektr maydoniga joylashtirilgan kristall temperaturasining oʻzgarishidan iborat. P. effektidan amadda in-fraqizil nurlanishni topishda foydalanish mumkin.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil