Pirokatexin
Pirokatexin, 1,2—digidroksi-benzol — rangsiz kristall modda. Mol. m. 110,10, suyuqlanish temperaturasi - 105°C, qaynash temperaturasi - 240°C, zichligi - 1,371 g/sm³. Suv, benzol, toluol, spirt va efirda eriydi. Piroketaxin ftalat angidrid bilan birga eritilganda alizarin va gistazarin boʻyagichlar hosil qiladi. Sanoatda Pirokatexin-xlorfenol yoki fenolsulfokislotalarni ishqor bilan eritib olinadi. Gvayakol, alizarin va adrealin ishlab chiqarishda, junni boʻyashda, analitik kimyoda, shuningdek, fotografiyada qaytaruvchi sifatida ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |