Pirs (ing. pier — ustun, pristan) — portaa kemalar toʻxtab turadigan joy, qirgʻoqqa qurilgan gidrotexnik inshoot. Port akvatoriyasndan chiqib turadi, kemalarni ikki tomonidan bogʻlab qoʻyishga imkon beradi. P.da kemalarga yuk ortiladi yoki tushiriladi, yoʻlovchilar tushiriladi yoki chiqariladi. Keng va tor P.lar bor. Keng P.ning har qaysi tomoniga 3—8 kema, tor P.ning har qaysi tomoniga 1—2 ta kema toʻxtab turishiga imkon beradi. Odatda, P.lar guruh-guruh qilib joylashtiriladi, ular qirgʻoq boʻylab oʻziga xos "taroqlar"ni hosil qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil