Pistamozor jome masjidi — Andijon shahrining markaziy masjidlardan biri hisoblangan masjid. Jome masjidi Andijon shahrining "Pistamozor" mahalla fuqarolar yig'ini (3-mikro rayon) hududi, Bobur shoh koʻchasida[1] joylashgan masjid.

Pistamozor jome masjidi Pistamozor ota qabristoniga va 1-son ichki ishlar bo'linmasiga yaqin joyda joylashgan.[2]

Pistamozor jome masjidi yaqinida Pistamozor ota ziyoratgohi joylashgan bo'lib, ziyoratgoh bo‘yicha rasmiy tarixiy ma’lumotlar mavjud emas. Ushbu yodgorlik Andijon shahrining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, bu yerga ko‘proq dardmanlar dardiga shifo so‘rab ziyorat qiladilar.[3] Masjid ikkita minora va kirish qismidagi bitta gumbaz iborat. Masjid qurilishida asosan pishgan g'isht, marmar va yog'och mahsulotlaridan foydalanilgan. 2021-yilda o'tkazilgan ta'mirlash ishlaridan so'ng masjid ichki maydoni tomi yopilgan.[4]

2017-yilning iyun oyi shaharni ko‘rkam ko‘rinishga keltirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida "Pistamozor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylar, masjid va qabriston atrofidagi bir qator savdo shoxobchalari, choyxona buzib tashlandi. Biroq, o‘tgan oylar davomida buzilgan binolar o‘rniga yangilarini qurish ishlari boshlangani yo‘q. «Pistamozor» masjidi atrofidagi yo‘l yog‘ingarchilik kunlari aholiga katta noqulaylik tug‘dirmoqda.

Ramazon oyi munosabati bilan Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari Andijon shahridagi “Jiddai Muborak”, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi Abdulhamid Tursunov “Mirpustin”, Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov “Pistamozor” jome masjidlarida tarovih namozlarini ado etib, namozxonlarni muborak Ramazon oyi bilan samimiy qutlab, ezgu duolar qilishdi.[5]

2018-yilda Andijon viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, bugun juma namozini ado etish uchun Andijon shahridagi “Pistamozor” jome masjidiga tashrif buyurdilar. Ushbu ko‘rkam jomeda muborak kun ibodatini ado etish uchun minglab namozxonlar yig‘ildi.[6]

Hozirgi kunda masjid imom xatibi: Sulaymonov Xayrullo.[7]

<mapframe>: Couldn't parse JSON: Syntax error
  1. „Пятничная мечеть Пистамазар“.
  2. „Pistamozor jome' masjidi“.
  3. „ISLOMIY QADAMJOLAR“.
  4. „Andijon Pustamozor Jome Masjidi 24.12.2021“ (2021-yil 21-dekabr).
  5. „Gullar shahriga qutlug' tashrif“ (2017-yil 5-iyun). Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  6. „Муфтий ҳазрат Андижонда жума намозини адо этдилар“ (2018-yil 25-avgust). Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  7. „Pistamozor jome masjidi“. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.