Toʻpponcha-pulemyot — avtomatik individual oʻq otar qurol. Dushmanning 300 m gacha masofadagi kuchlarini nishonga olishga moʻljallangan. Asosan, piyoda qoʻshinlarda qoʻllanadi. Birinchi toʻpponcha-pulemyot. Birinchi jahon urushi (1914-1918)da yuzaga kelgan. 20-asrning 40-yillari oxiridan 1000 m gacha masofadagi nishonni shikastlantira oladigan M.T. Kalashnikov toʻpponcha-pulemyoti qoʻllana boshlagan.

Sudaev toʻpponcha-pulemyoti

Bu toʻpponcha-pulemyot maxsus almashtirgich yordamida bittadan yoki toʻxtovsiz oʻt ochish imkoniyatiga ega. Oʻqdoniga 20 dan 71 tagacha oʻq-dori sigʻadi. Tezotarligi 1 daqiqada 80 dan 140 ta oʻqqacha. Koʻp mamlakatlarning qurolli kuchlarida qoʻllanadi[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil