Piyoz halqalari
Piyoz halqalari, shuningdek, fransuzcha qovurilgan piyoz halqalari (inglizcha: onion ring, French fried onion ring)[1] Britaniya va Amerika oshxonalaridagi gazak yoki garnir yeguligi hisoblanadi. U xamirga botirilgan yoki non boʻlaklariga bulangan, soʻngra frityurda qovurlgan, kesilgan piyoz yoki halqalardan iborat. Klyar uchun un va tuxum, shuningdek, pivo[2], paxta[3], smetana, yogurt[4] dan ham foydalaniladi. Ular ham odatda pishloq bilan birga qovurib olinadi[5].
Milliy oshxona | AQSh oshxonasi |
---|---|
Asl nomi | Onion ring |
Kelib chiqishi | AQSh, Buyuk Britaniya |
Asosiy komponentlari | Piyoz, quritilgan non (suxari) |
Tarixi
tahrir1802-yildan buyon Britancha retsept ostida piyozni tilim shaklida kesiladi, suyuq xamirga botiriladi, ustiga parmezan pishlogʻini qoʻshiladi va choʻchqa yogʻida qovurilib kelinadi. Uning yoniga kuydirilgan sariyogʻ va xantal sousini qoʻshish tavsiya etiladi[6].
XX asrdan boshlab frityurda qovurilgan piyoz tilimlari yoki halqalari uchun retsept va havolalarni topishingiz mumkin: ulardan biri 1910-yildagi Midltaun, Nyu-York[7]; boshqasi esa 1933-yilgi Crisco reklamasi. Turli restoranlar piyoz halqalarini ixtiro qilganliklari borasida daʼvo qilishdi, jumladan, 1920-yillarning boshida Texasning Oak-Kliff shahrida tashkil etilgan Kirby’s Pig Stand restoranlar tarmogʻi[8] ham davogarlardan biri hisoblanadi.
-
piyoz halqalari
-
Qovurilgan sousdagi piyoz halqalari (Filippin)
Oziq-ovqat kimyosi
tahrirTayyorlash jarayonida piyozdagi propanitial oksid bispropenil disulfidda parchalanadi, bu piyoz halqalarining biroz shirin lazzati uchun javob beradi.
Manbalar
tahrir- ↑ "French Fried Onion Rings", The Big Apple, February 11, 2007
- ↑ Lukovie kolsa v pivnom klyare
- ↑ Lukovie kolsa
- ↑ Lukovie kolechki
- ↑ Lukovie kolsa s sirom vo frityure
- ↑ Mollard, John. The Art of Cookery Made Easy and Refined, second, 1802 — 152-bet.
- ↑ Middletown (New York) Daily Times, quoted in The Big Apple, February 11, 2007.
- ↑ „Oak Cliff Trivia“. OakCliff.com. Qaraldi: 25-oktabr 2010-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Charles Sinclair. onion rings // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 408. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |