Piyozli sousi — asosiy tarkibi piyoz[1][2] dan tashkil topgan sous hisoblanadi. U oq yoki jigarrang rangda boʻlib, uning tayyorlanishida piyozning bir necha turlari qoʻllanishi mumkin[1][2][3].

Piyozli sous

Piyoz sousi bilan cho'chqa go'shti
Turi souslar
Milliy oshxona fransuz oshxonasi, portugal oshxonasi
Asosiy komponentlari piyoz, yog', un
Boshqa komponentlari bulyon, tomat pastasi, pivo, limon sharbati, tuz, qalampir, muskat yong'og'i, ketchup, Bekon

Tayyorlanishi

tahrir

Piyoz tilim yoki toʻrtburchak shaklda kesiladi. Shundan soʻng sousning asosi tayyorlanadi — piyoz un bilan birgalikda sariyogʻda qovurib olinadi. Uning asosiga turli ingredientlar: qaymoq, sut, pomidor, tovuq bulyoni, sharob, pivo, limon sharbati, un, tuz, qalampir, kayen qalampiri, muskat yongʻogʻi, xantal, shalfey va boshqa ziravorlar, koʻkatlar, qoʻziqorinlar, yongʻoqlar, non boʻlaklari, bekon va boshqalar[1] qoʻshiladi. Shundan keyin mazkur aralashma tayyor boʻlguniga qadar dimlanadi[1][2]. Baʼzi retseptlarga koʻra piyozni turli darajada oltin rangga kirgunga qadar qovuriladi[1][2].

Piyozli sousni kartoshka, noʻxat, goʻsht, masalan, choʻchqa, oʻrdak, quyon, qoʻzichoq va jigar goʻshtlari kabi koʻplab taomlar bilan birga tortiladi, masalan, buzoq jigari bilan[1][2][4]. Qotgan non boʻlaklari bilan tayyorlangan piyozli sousi gʻoz kabi turli xil parranda goʻshtlariga toʻldirma sifatida qoʻllanilasdi.[1]

Milliy oshxonalarda

tahrir

Subiz sosi fransuz oshxonasida keng mashhurlikka ega. Miranton — pomidorli sous[5] asosidagi fransuzcha piyozli sous hisoblanadi.

Sebolada — bu portugalcha piyozli styu (sous, pasta)[6][7] boʻlib, u bir nechta portugalcha taomlarda qoʻllanadi.

Nyu-Yorkda Sabrett ishlab chiqaruvchilarining hot-doglari Sabrett Onions in Sauce nomi ostidagi piyozli-tomatli sousiga oʻxshatiladi. Bu Sabrett brendining koʻplab hot-dog aravalaridagi standart ziravorlari hisoblanadi[8].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Kitchiner, William. Apicius Redivivus: Or, The Cook's Oracle. S. Bagster, 1817. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Cassell's dictionary of cookery. Cassell, ltd, 1883 — 468–469-bet. 
  3. Meyer, Ethel. 1200 Traditional English Recipes. BoD – Books on Demand, 2010 — 215–216-bet. ISBN 978-3861952893. Qaraldi: 5-sentabr 2014-yil. 
  4. Caggiano, Biba. Biba's Northern Italian Cooking. Penguin, 2002 — 145-bet. ISBN 1440623910. 
  5. Kulinarnaya ensiklopediya. Tom 21. M (Mineralnaya voda — Morskoy yazik). — M.: ID „Komsomolskaya pravda“, 2016.
  6. A Portuguese-English Dictionary, Volume 243. Stanford University Press, 1976 — 146-bet. ISBN 9780804704809. 
  7. Metzelthin, Pearl Violette Newfield. Gourmet, Volume 54, Issues 7-12. Condé Nast Publications, 1994 — 214-bet. 
  8. „Sabrett® Onions in Sauce 16oz“. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.