Placebo
Placebo (Plasibo deb tallafuz etiladi) — britaniyalik alternativ rok yoʻnalishida ijod qiluvchi musiqiy guruh. 1994-yili Brian Molko (vokal, gitara, klavishlar) va Stefan Olsdal (gitara, bas, klavishlar, bek-vokal) tomonidan tashkil topgan. 1996-yili barabanchi Robert Schultzbergni Brayanning avvaldan tanishi Steve Hewitt almashtiradi.
Placebo | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | London |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Faoliyat yillari | 1994 – bugun |
Janr | alternativ rok |
Leybl | Virgin Records |
Tarkib |
Brian Molko Stefan Olsdal Steve Forest |
Sobiq aʼzolar | Robert Schultzberg |
Vebsayt | www.placeboworld.co.uk |
Tarix tahrir
Placebo guruhining tarixi 1994-yili ikki lyuksemburglik sinfdosh Brayan Molko va Stefan Olsdal Londonning „Janubiy Kensington“ metro bekatida uchrashishganligidan boshlanadi. Maktab paytlarida ular unchalik muloqot qilmas edilar, ammo yillar oʻtib uchrashganlarida ikkalari musiqa bilan qiziqishlarini anglab, guruh tuzishga qaror qiladilar. Bu qarorning natijasi „Ashtray Heart“ (Kuldon-yurak) guruhi boʻladi. Stiv Hyuitt birinchi demo-yozuvlarni yaratishda ishtirok etgan boʻlsa ham, u doimiy ishtirokchi boʻla olmaydi, chunki u boshqa guruhda edi. Shuning uchun Stefan Brayanni oʻzining doʻsti Robert Shulsberg bilan tanishtiradi. Va ular uchchalasi Placebo guruhiga asos soladilar. 1996-yili Robert Brayan bilan kelishmovchiliklar tufayli guruhni tark etganida Stiv guruhga qaytib keladi.
Tarkib tahrir
Diskografiya tahrir
Studiyaviy albomlar tahrir
- Placebo (17-iyul, 1996)
- Without You I’m Nothing (12-oktabr, 1998)
- Black Market Music (9-oktabr, 2000)
- Sleeping with Ghosts (22-sentabr, 2003)
- Meds (13-mart,2006)
- Battle for the Sun (2009)
- Loud Like Love (2013)
- Never Let Me Go (2022)
Termalar tahrir
- Once More with Feeling (Singles 1996—2004) (25-oktabr, 2004)
- Covers (5-mart, 2007)
DVD tahrir
- Soulmates Never Die (Live in Paris 2003) (15-mart, 2004)
- Once More with Feeling (Videos 1996—2004) (25-oktabr, 2004)
Havolalar tahrir
- Placeboʻning rasmiy sayti (ingl.)
- Placebo haqida rus sayti (Wayback Machine saytida 2007-09-26 sanasida arxivlangan) (rus.)