Planshayba (nem. planscheibe) — 1) stanoklarning ishlov beriladigan material yoki kesuvchi asbobni mahkamlash va ularni aylantirish uchun ishlatiladigan moslamasi; 2) karusel stanogiaya zagotovka mahkamlanadigan aylanma stol. P.ga, odatda, murakkab shaklli yoki katta diametrli, kalta zagotovkalar oʻrnatiladi. Zagotovka P.ga qamragichlar, burchaklik, boltlar bilan mahkamlanadi. Katta stanoklarda P. ikki yoki bir necha qismlardan iborat boʻladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil