Planshet (frans. planchette — tax-tacha) —

1) menzulaning bir qismi; 40 sm*40 sm dan 60 sm xbO sm gacha boʻlgan kvadrat shakldagi taxta;

2) koʻz bilan chamalab planga olishda ishlatiladigan chiziqdi qogʻoz, kompas oʻrnatilgan papka yoki taxtacha;

3) geografik va topografik haritalar joylanadigan, tashqi tomoniga shaffof plastinka oʻrnatilgan tekis sumka;

4) ar-tilleriyada oʻt ochish uchun ishlatiladigan ishchi hujjat. U chizma taxtasiga mahkamlangan koordinatali qalin qogʻoz tarzida boʻladi. P.ga batareya oʻt ochish pozitsiyalaridagi nuqtalar, kuzatuv punktlari, nishonning holati va boshqa qayd qilib boriladi;

5) teatr binosida alohida oʻyiq taxtalardan ishlangan sahna poli.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil