Planyor sportiaviatsiya sporta turi. Llonflarda uchburchakli marshu-rut boʻylab tez uchish, moʻljalga yetib borib, yana start berilgan joyga qaytish, uzoqqa uchib, marshrutning oxirgi nuqtasiga qoʻnish va boshqa Planyor sporti 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya) va AQShda paydo boʻldi. Oʻzbekistonda 20-asr 30-yillarining boshlarida vujudga keldi. Oʻshanda Toshkent shahrida yagona planyor maktabi bor edi. 1935-yilga kelib 5 shahar (Toshkent, Samarqand, Andijon, Fargʻona va Margʻilon) hamda 5 sovxozda Planyor sporti bilan shugʻullana boshla-dilar. Oʻtgan davr mobaynida 420 planyorchi tayyorlandi, 8 ta planyorda 5081 parvoz amalga oshirildi. Xalqaro planyor komissiyasi — CIW (1950-yil tashkil topgan)ga 60 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1948-yildan jahon chempionata oʻtkaziladi. Planyor sporti 1936-yilgi olimpiada oʻyinlarining namunaviy musobaqalariga kiritilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil